yopof195Pro
08.04.2020 20:23

Uygirlar qayerda paydo bolgan​

Нажмите на рекламу ниже и сразу увидите ответ
Популярные вопросы:
Ответ:
01mrfrost10p0cb3m
24.04.2021 08:07

Uygʻurlar - xalq, XXRdagi SintszyanUygur muxtor rayonining tub joy aholisi. 8 mln. kishidan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Afgʻoniston va Pokistonda yashaydi. Uygur tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yapon (Yutyanxeng), fransuz (Klaprot) olimlari fikricha, "uygʻur" atamasi mil. av. 3—2-asrlardan maʼlum. U. etnogenezi Xitoy manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan "di"(Turk)larning "chidi"(qizil di — janubiy turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shimolida mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594 yil Szin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim.ga ketishga majbur boʻlishgan. U. hun qabilaviy ittifoqi (mil. av. 3-asr — mil. 3—4-asrlar)da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-asrlarda U. Jujan(Avar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 7-asrga qadar U. tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, xazarqasar, xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-asrdagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, izgil(sije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.

0,0(0 оценок)
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота